Ukraina Kurskda Rossiya mudofaasini yorib o‘tgani aytilmoqda
![Ukraina Kurskda Rossiya mudofaasini yorib o‘tgani aytilmoqda](http://static.xabar.uz/crop/1/4/920__95_1485598433.jpg)
Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatida 5 km oldinga siljidi.
Yangi hujum paytida Ukraina qo‘shinlari Rossiya mudofaasini yorib o‘tib, Sudja shahridan 5 km janubi-sharqda oldinga siljishdi, deya qayd etadi AQShda joylashgan Urushni o‘rganish instituti (ISW).
ISW ma’lumotlariga ko‘ra, 6-fevral kuni e’lon qilingan kadrlarning geolokatsiyasi Ukraina qo‘shinlari Maxnovkadan janubi-g‘arbga (Sudjadan janubi-sharqda joylashgan qishloq) va Cherkasskaya Konopelkaning shimoli va sharqiga qarab oldinga o‘tganini ko‘rsatadi. Harbiy kolonna Sudja-Oboyan yo‘li bo‘ylab o‘tdi, shundan so‘ng Ukraina qurolli kuchlari Kolmakov fermasi va Fanaseyevka qishlog‘ini nazoratga oldi.
6-fevral kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlarining barcha hujumlari qaytarilganini e’lon qildi.
Ukraina qo‘mondonligi Kursk viloyatidagi yangi hujum haqidagi xabarlarga hozircha izoh bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter