Ushbu haftada harorat 30 darajagacha ko‘tariladi
Gidrometeorologiya xizmati agentligi joriy ish haftasi uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Bugun 12-oktyabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan 18-21 daraja, shimolda va janubda 23-26 daraja bo‘ladi.
Ertaga 13-oktyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. 14-16-oktyabrda respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 22-25 daraja, janubda 27-30 daraja bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 12-13-oktyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. 12-oktyabr kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 19-21 daraja bo‘ladi. 13-16 oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 12-15 daraja, kunduz kunlari 22-25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter