Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasida tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasida tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalariga rahbarlar tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra,  Sarvar G‘aniyevich Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi va shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari — Turizm va sportni rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring