Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyliklar Toshkent metrosi qurilishiga qiziqyapti

Xitoyliklar Toshkent metrosi qurilishiga qiziqyapti

Xitoy tomoni Toshkent metropolitenining mavjud yo‘nalishlarini rekonstruksiya qilish hamda yangi liniyalar qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu yilning 22-avgust kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning Tianjin Rail Transit Group kompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari Ma Yunkan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda metropoliten va temir yo‘l transportini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Xitoy tomoni Toshkent metropolitenining mavjud yo‘nalishlarini rekonstruksiya qilish hamda yangi liniyalar qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Ta’kidlanganidek, ushbu loyihalarning amalga oshirilishi mamlakat transport infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilishga, aholiga qulay va zamonaviy transport xizmatlarini taqdim etishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqib, muloqotni davom ettirish niyatini bildirish bilan birga, o‘zaro anglashuv memorandumi imzolash tashabbusini ham kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring