Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning FIFA reytingidagi o‘rni e’lon qilindi

O‘zbekistonning FIFA reytingidagi o‘rni e’lon qilindi

Foto: O‘FA

O‘zbekistonning FIFA reytingidagi o‘rni e’lon qilindi. 

FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnini (50-pog‘ona) saqlab qoldi. Terma Venesuela va Chili termalari oralig‘ida joylashdi. Shuningdek, milliy jamoa Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etdi.

Reytingni Argentina terma jamoasi boshqarib bormoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari joylashgan. Germaniya kuchli o‘nlikni yakunlab bergan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring