Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amirliklar aholisi 100 foiz vaksina qabul qildi

Amirliklar aholisi 100 foiz vaksina qabul qildi

Foto: «Depositphotos»

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda jiddiy natijaga erishganini ma’lum qildi: 26-noyabrga kelib mamlakat aholisining 100 foizi koronavirusga qarshi vatsinaning kamida bitta dozasini qabul qilgan, deyiladi «Russianemirates» xabarida.

Fuqarolar va rezidentlarning 90 foizdan ziyodi to‘liq emlangan.

2020-yilning dekabr oyida Dubay hukumati Amirliklarda birinchi bo‘lib Pfizer-BioNTech vaksinasini qo‘llashga, keyinchalik BAA hukumati AstraZeneca hamda Moderna vaksinalaridan foydalanishga ruxsat bergandi. Shuningdek, bolalarni Sinopharm va Pfizer vaksinalari bilan emlash boshlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining 53,9 foizi hech bo‘lmaganda bitta doza bilan emlangan. Shu paytgacha jahon bo‘yicha 7,85 mlrd. doza qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring