Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda koronavirusni davolash tadqiqoti samarasiz bo‘lib chiqdi

O‘zbekistonda koronavirusni davolash tadqiqoti samarasiz bo‘lib chiqdi

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirus tarqalishini oldini olish va aholi salomatligini ta’minlash yuzasidan tizimda olib borilayotgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Habibullo Oqilov tuzalgan bemorlarning qon zardoblarini (qon plazmasi) bemorlarga quyish samara bermaganini ma’lum qildi.

«Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, keyinchalik tuzalgan bemorlarning qon zardoblarini (qon plazmasi) bemorlarga quyish samara bermadi. Chet el tajribasida ham bu ish bermagani sababli O‘zbekistonda ham bu amaliyot to‘xtatildi», — Koronavirusga qarshi kurashish maxsus komissiyasi a’zosi Habibulla Oqilov.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyi boshlarida Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston shifokorlari tez kunlarda COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlarni davolashda mutlaqo yangi va samarali usulni qo‘llashni boshlashadi deb xabar bergan edi. Hatto, bu davolash tadqiqoti Buyuk Britaniyada qiziqish uyg‘otgani aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring