Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoga 80 dona sun’iy nafas berish apparati keltirildi

Sirdaryoga 80 dona sun’iy nafas berish apparati keltirildi

Foto: Sirdaryo viloyati SSB

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda nafas olish tizimi, ya’ni o‘pkada turli muammolar yuzaga keladi. Uning immun tizimi esa qonga ko‘proq aksiltanalar tushishi uchun tomirlarni kengaytirish bilan javob qaytaradi. Natijada o‘pkalar suyuqlikka to‘lib qoladi va nafas olish tizimi bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar ro‘y beradi. Bemor organizmida kislorod tanqisligi kuzatiladi. Ana shunday vaziyatda chora sifatida sun’iy nafas berish apparatidan foydalaniladi. 

Ushbu uskunaning yordamida havo bemor tana harorati darajasigacha isitilib va namlab beriladi va qayta o‘zini tiklab olishi uchun o‘pkaga ko‘maklashadi.

Bugun ana shunday sun’iy nafas berish apparatlaridan yana 80 tasi Sirdaryoga viloyatga keltirildi. Bu birinchi va ikkinchi bor viloyatga keltirilgan jihozlar emas. Bundan oldin ham Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga yordam berish va ularga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida bir qancha zamonaviy tibbiy jihozlar bergan edi, deyiladi viloyat SSB xabarida.

Keltirilgan yangi sun’iy nafas berish apparatlari tizimidagi 22 ta tibbiyot muassasalariga yetkazib berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring