Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termizlik bemor vafot etdi

Termizlik bemor vafot etdi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi 67 yoshli R.A. (erkak kishi) joriy yil 3-iyul kuni o‘zini yomon his qilgan, nafas yo‘llarida yallig‘lanish bo‘lgan. 4-iyul kuni «COVID-19» infeksiyasiga namuna topshirgan va shifoxonaga yotqizilgan.

SSV xabariga ko‘ra, unga «COVID-19» infeksiyasiga gumon, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bu O‘zbekistonda rasman qayd etilgan 53-o‘lim holati bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring