Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda koronavirusni yuqtirganlar soni navbatdagi mingtalikdan oshdi

Tojikistonda koronavirusni yuqtirganlar soni navbatdagi mingtalikdan oshdi

Foto: «Newreporter.org»

Tojikistonda qayd etilgan COVID-19 bilan kasallanganlar soni 4013 nafarga yetdi. O‘tgan bir kecha-kunduzda 83 ta holat aniqlandi, deya xabar berdi «RIA Novosti» mamlakat aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

«Tojikistonda dushanba kuni kechasi koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 83 nafarga ko‘payib, 4013 taga yetdi», — deydi agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 2089 kishi COVID-19 dan tuzaldi, 47 kishi vafot etdi — bu oxirgi besh kundan beri o‘zgarmasdan qolyapti, shifoxonalarda koronavirus tashxisi bilan 1814 nafar bemor davolanmoqda, 201 kishi shifoxonadan chiqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring