Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

+107. Toshkentda aholi orasida kasallik shiddat bilan o‘sib bormoqda

+107. Toshkentda aholi orasida kasallik shiddat bilan o‘sib bormoqda

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 5-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9936 (+107) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 66 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 59 nafari aholi orasida), qolgan 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6446 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3457 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring