Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentga kirishni cheklash bekor qilinishi kutilmoqda — IIV

Toshkentga kirishni cheklash bekor qilinishi kutilmoqda — IIV

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan kirish bo‘yicha o‘rnatilgan cheklov tez orada bekor qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati «Daryo»ga ma’lum qilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan 2021 yil 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilishi belgilangandi.

Cheklov kimlarga tatbiq etilmasligi ham ishlab chiqilgandi.

27 iyundan boshlab Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga olib chiquvchi yo‘llar beton to‘siqlar bilan berkitila boshlangandi. Shaharga kirib-chiqish faqat yo‘l-patrul postlarida tashkil qilinishi kutilayotgandi.

IIVning «Daryo»ga xabar qilishicha, 27 iyun kuni tunda ushbu to‘siqlarni joriy etmaslik bo‘yicha topshiriq kelgan. Hozirda Toshkent shahriga kirish va chiqish bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. Maxsus komissiyaning Toshkentga kirishni cheklash bo‘yicha qarori yangi qaror bilan bekor qilinishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring