Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

50 dollarga sotib olingan asar Van Gog ijodiga mansub bo‘lishi mumkin

50 dollarga sotib olingan asar Van Gog ijodiga mansub bo‘lishi mumkin

Garaj kimoshdi savdosida 50 dollarga xarid qilingan surat Van Gogning yo‘qolgan asari bo‘lishi mumkin, bu haqda UPI xabar berdi.

Minnetonk (AQSh, Minnesota shtati)dagi garaj auksionida sotib olingan «Elimar» tasviriy san’at asari haqiqiyligi ekspertlar tomonidan tasdiqlandi. Mutaxassislarning fikricha, u taniqli rassom Vinsent Van Gogning uzoq yillar muqaddam yo‘qolgan asari bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotga ko‘ra, Van Gog Fransiyadagi ruhiy xastaliklar shifoxonasida bo‘lgan paytida, 1889-yilda «Elimar» ustida ishlagan. Buyuk rassom eng mashhur asarlaridan biri — «Yulduzli tun»ni ham shu yerda chizgan. Bugungi kunda uning asarlari millionlab dollarga sotilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring