Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev «Do‘stlik kechasi» konsertida ishtirok etdi

Mirziyoyev «Do‘stlik kechasi» konsertida ishtirok etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga tashrifi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon san’at ustalarining «Do‘stlik kechasi» tantanali konsertida ishtirok etdi.

Tadbirda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, sammitning faxriy mehmoni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham qatnashdi.

Folklor-etnografik ansambllar va estrada san’atkorlarining rang-barang chiqishlari, milliy qo‘shiq va raqslar xalqlarimizning mushtarakligi va madaniy yaqinligini yaqqol namoyon etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring