Taniqli rejissyor koronavirusdan vafot etdi
Sankt-Peterburgda «Lenfilm» kinostudiyasining sobiq direktori, rejissyor Vitaliy Aksyonov 89 yoshida vafot etdi.
Aksyonov koronavirusga chalinganidan so‘ng shifoxonaga keltirilgan, unga virusning og‘ir shakli tashxisini qo‘yishgandi. Shunga qaramasdan, rejissyorning ahvoli yaxshilanish tomon o‘zgara boshlagan, vafotidan ikki kun ilgari hatto jonlantirish bo‘limidan odatiy bo‘limga ham o‘tkazilgan edi.
Aksyonov rahbarlik yillarida (1981—1985-yillar) «Lenfilm» tomonidan «Qishki olcha», «Do‘stim Ivan Lapshin», «Sherlok Xolms va doktor Vatson: Yigirmanchi asr boshlanmoqda» kabi kino durdonalari suratga olingan. Vitaliy Aksyonov rejissyor sifatida 30 dan ortiq filmni suratga olgan, 10 dan ortiq kinoasar ssenariysini yozgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter