Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chirchiqda M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti filiali ochilyapti

Chirchiqda M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti filiali ochilyapti

M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining Chirchiq shahridagi filiali tashkil etiladi.

Bu borada Hukumatning joriy yil 10-iyulda 406-son qarori qabul qilindi.

2023-yilning dekabrida O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim vazirliklari o‘rtasida tegishli kelishuv shartnomasi imzolangan edi.

Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib – iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarishning uzluksizligi va izchilligi tamoyillari, shuningdek, jahonning nufuzli o‘quv-ilmiy markazlari bilan uyg‘un integratsiyalashuv asosida mutaxassislarni, ilmiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yuksaltirish belgilanmoqda.

Universitet filiali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring