Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faqatgina naqdsiz va karta bilan to‘langan xaridlar uchun keshbek berish rejalashtirilyapti

Faqatgina naqdsiz va karta bilan to‘langan xaridlar uchun keshbek berish rejalashtirilyapti

2024-yilning 1-iyulidan chakana savdo, xizmat ko‘rsatish hamda umumiy ovqatlanish sohalarida jismoniy shaxslar tomonidan to‘lovlar faqatgina mobil ilovalar (naqdsiz) va plastik karta orqali amalga oshirilganda 1 foizli keshbek qaytarilishi rejalashtirilmoqda. Ya’ni naqd puldagi to‘lovlar uchun keshbek qaytarish tartibi bekor qilinishi mumkin.

Bu haqda «Spot» nashri o‘zida nusxasi bo‘lgan Prezidentning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori loyihasi matniga tayanib xabar bermoqda.

Nashrining ta’kidicha, hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinmagan bo‘lib, hozirda vazirlik va idoralar orqali ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida amalga oshirilgan xaridlarga berilgan cheklar uchun 1 foizli keshbek 2022-yil 1-yanvardan berila boshlangan. 

Joriy yil avvalida esa Prezidentning tegishli qarori bilan aholiga qaytariladigan 1 foizli keshbek summasiga chegaraviy miqdor o‘rnatildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring