«G‘ayrat Do‘stov ishi» appelyasiya tartibida ko‘riladi
Joriy yil 23-dekabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida turanqator navbatlar bo‘yicha amaldorlarga murojaat bilan chiqish qilgan G‘ayrat Do‘stovning 15 sutkaga qamalgani haqida xabar qilingan edi.
Ushbu voqea ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim huquq faollari, jumladan, inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov G‘.Do‘stovning yuridik himoyasi uchun chiqishdi.
A.Tashanovning Toshkent shahar sudidagi manbalariga tayanib, ma’lum qilishicha, G‘ayrat Do‘stov va uning advokatlari tomonidan keltirilgan apellyasiya shikoyatlariga asosan unga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish joriy yil 3-yanvar kuni ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter