Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Har yili bolalar uchun mashhur allomalar hayotiga doir 50 ta kitob chiqariladi

Har yili bolalar uchun mashhur allomalar hayotiga doir 50 ta kitob chiqariladi

2024-2030 yillarda har yilga mo‘ljallangan bolalar uchun mashhur allomalarning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida ular tomonidan yozilgan hamda ularning ibratli hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus, ixcham asarlar dasturi ishlab chiqiladi va dastur doirasida bolalar uchun 50 nomdagi asarlar yaratiladi.

Bu borada Hukumatning tegishli qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, Bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashi faoliyati yanada takomillashtiriladi. Yaratilgan yangi asarlar bilan ta’lim muassasalari va kutubxonalar fondi bepul to‘ldirib boriladi.

Ushbu loyiha doirasida tuziladigan Ishchi guruhga har yili Dasturga kiritiladigan asarlar ro‘yxatini shakllantirishda bolalar yozuvchi va shoirlarini keng jalb etish hamda ularga aniq ijtimoiy buyurtmalar berish, shuningdek, Dastur bajarilishining doimiy monitoringini olib borish, asarlarni yaratishga jalb etilgan bolalar yozuvchi va shoirlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi qzyilgan.

Bundan tashqari, ular keyingi yillar uchun yaratilishi mo‘ljallangan asarlar ro‘yxatini har yili 1 fevralga qadar ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Kitobxonlar, ota-onalar, noshirlar va ta’lim muassasalari mutaxassislarining taklif-mulohazalarini umumlashtirib, kitob mahsulotlari milliy bozori ehtiyojlarini muntazam o‘rganadi, zarur hollarda Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi.

Belgilanishicha, Dastur doirasida yaratiladigan asarlar mualliflariga qalam haqi Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, asarlarni nashrga tayyorlash, chop etish va tarqatish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar esa ushbu Jamg‘arma mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Chop etilgan asarlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar va bolalar kutubxonalari, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tizimidagi axborot-kutubxona markazlari hamda Respublika bolalar kutubxonasiga bepul tarqatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring