Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ipoteka kreditlarining yillik foiz stavkasi pasaydi

Ipoteka kreditlarining yillik foiz stavkasi pasaydi

Joriy yil 26-iyuldan Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan asosiy stavka 13,5 foizga pasaytirilgan edi.

Markaziy bank tijorat banklari tomonidan markazlashgan mablag‘lar hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi 0,5 foizga pasayganini ma’lum qildi.

Shu sababli markazlashgan mablag‘lar hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi ham mutanosib ravishda pasaydi.

Xabarda ta’kidalinishicha, ayni paytda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari quyidagi tijorat banklari tomonidan ajratiladi:

  • «Asaka bank»
  • «Milliy bank»
  • «Xalq» banki
  • «Aloqabank»
  • «Sanoatqurilishbank»
  • «Biznesni rivojlantirish» banki
  • «Mikrokreditbank»
  • «Turon bank»
  • «Agrobank»
  • «Hamkor bank»
  • «Oriyent finans bank».

Eslatib o‘tamiz, kredit miqdori eng ko‘pi Toshkent shahri uchun 420 mln so‘mgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha esa 330 mln so‘m etib belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring