Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda soliqdan qochgan xitoylik qidirilyapti

Jizzaxda soliqdan qochgan xitoylik qidirilyapti

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani IIB  ushbu tumanning Ardaxshon mahallasidagi MChJ yotoqxonasida yashab kelgan 30 yoshli XXR fuqarosi Chen Lin Bingga nisbatan qidiruv e’lon qildi.

U  Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) hamda 189-moddasi 1-qismi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish)da ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanyapti.

Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlariga yoki +99872-342-12-02, +99872-342-10-68, +99872-226-03-02, +99893-290-02-30 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari so‘ralmoqda.

Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir tutilib, pul mukofoti bilan taqdirlanishi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring