Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelgusida it va mushuklar elektron tizimda ro‘yxatga olinadi

Kelgusida it va mushuklar elektron tizimda ro‘yxatga olinadi

Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirishga doir 202-son hamda 2017-yil 22-sentyabrdagi hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirishga doir 748-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, hayvonlar hisobi va ularni hisobga qo‘yish haqidagi mavjud ma’lumotlar bazasidagi axborotlar majmuasi orqali it va mushuklarni quturishga qarshi majburiy vaksinatsiya qilishni har yili belgilangan muddatlarda o‘tkazish hamda elektron axborot tizimiga har bir it va mushukni ro‘yxatga olish, vaksinatsiya qilish hamda kasallik bilan bog‘liq tarixi kiritilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini va qo‘shnilarning roziligi bilan ko‘p qavatli uyning alohida kvartirasida bittadan ortiq bo‘lmagan itni va bitta mushukni, alohida va umumiy hovlili uylarda esa uchtadan ortiq bo‘lmagan itni va mushukni saqlashga ruxsat berilishi hamda kasal itlar va mushuklarni hududiy davlat veterinariya xizmatiga, belgilangan miqdordan ortiqcha it va mushuklar hayvonlarni vaqtincha saqlash joylarga (priyut) topshirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, it va mushuklar sotib olinganda ushbu hayvon egasi it va mushukni sotilganligi yuzasidan elektron axborot tizimiga kirib bu haqida axborot taqdim etadi. Aholini hayvonlar va odam uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan muhofaza qilish maqsadida xaridor (oluvchi) hayvonni sotib olganda (hadyani olganda) doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha davlat veterinariya xizmatining vakiliga yoki my.gov.uz portali orqali yetti kun ichida hayvonni ro‘yxatga qo‘yish uchun murojaat qilishi zarur.

Qolaversa, oyoq xalqasi yoki tablo o‘rnatish usuli orqali asalari, tovuqlar, g‘ozlar, o‘rdaklar, kurka, bedana, gvineya qushlari va tuyaqushlarni identifikatsiyalash belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, loyihani ishlab chiqishda xalqaro standartlar, shuningdek xorijiy davlatlar, shu jumladan Koreya, Rossiya, Yaponiya, Qozog‘iston davlatlarining tajribasi o‘rganilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring