Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biznesni rivojlantirish banki»dan kichik va o‘rta biznes vakillari uchun ajoyib imkoniyat

«Biznesni rivojlantirish banki»dan kichik va o‘rta biznes vakillari uchun ajoyib imkoniyat

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB Jahon bankining «MUNIS» loyihasi bilan hamkorlikda kichik va o‘rta biznes sub’yektlari uchun grantlar ajratish loyihasini e’lon qildi.

Mazkur dasturda «Biznesni rivojlantirish banki» tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda kichik va o‘rta biznes sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning innovatsion salohiyatini oshirish, ichki, mintaqaviy va jahon bozorlarida o‘z imkoniyatlarini takomillashtirish uchun yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar moliyalashtiriladi.

Grant dasturining asosiy shartlari:

  • Grant miqdori har bir loyiha uchun 50 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
  • Loyihani amalga oshirish – O‘zbekiston Respublikasi hududida 12 oygacha.

Qo‘shma moliyalashtirish – «Biznesni rivojlantirish banki» hamkor tashkilot sifatida mazkur dasturga kelib tushgan loyihalarni kredit shartnomasi asosida qo‘shma moliyalashtirishga tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Grant mazkur sohalar bo‘yicha ajratilishi rejalashtirilgan:

  • Agro-oziq-ovqat texnologiyalari;
  • Tibbiyot va tibbiy texnologiyalar;
  • Yangi materiallar va kimyoviy texnologiyalar;
  • Konchilik va metallurgiya sanoati;
  • Biotexnologiyalar va farmatsevtika;
  • Mashinasozlik va avtomobilsozlik.

Arizalarni topshirish muddati – 2024-yil 20-iyuldan 5-sentyabrgacha.

Mazkur tanlov shartlari va dasturga oid barcha savollarga javob va tushuntirishlar berish maqsadida, joriy yilning 30-iyul kuni soat 10:00da «Biznesni rivojlantirish banki» binosida Jahon bankining xalqaro ekspertlari tomonidan maxsus seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Seminarlarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Grant dasturi qo‘llanmasi bilan esa ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Barcha arizalar onlayn qabul qilinadi.

Tel: +998 99 887 77 98   +998 94 353 90 45

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring