Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyev Turkiya yetakchisini 70 yoshi bilan tabrikladi

Mirziyoyev Turkiya yetakchisini 70 yoshi bilan tabrikladi

Bugun, 26-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yetakchisi Erdo‘g‘onni 70 yoshga to‘lgani bilan tabriklagan.

«Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, birodar turk xalqi va davlatining ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, global maydondagi nufuzi yuksalishida, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuqori darajaga erishilishida Prezident Rejep Erdog‘anning o‘rni va hissasi alohida qayd etildi», – deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, telefon orqali muloqotda ikki davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sur’ati oshib borayotganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yil yakunida qo‘shma korxona va loyihalar soni sezilarli darajada – 365 taga ortdi, Turkiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan investitsiyalar portfeli kengaydi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ham, tegishli ravishda o‘zaro sayyohlar oqimi ham ko‘paydi.

Davlat rahbarlari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini puxta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston-Turkiya Hukumatlararo komissiyasi doirasida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring

<