Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Airbus’dan 12 ta yangi samolyot sotib oladi

O‘zbekiston Airbus’dan 12 ta yangi samolyot sotib oladi

Fransiyaning samolyotlar ishlab chiqaruvchi  Airbus kompaniyasi «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi sayohatga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir sharoitda o‘z parkini modernizatsiya qilish va kengaytirishni davom ettirmoqchi bo‘lganligi sababli, 12 ta A320neo samolyotiga buyurtma berganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, aviakompaniya parkida ayni paytda Airbus’ning 17 ta A320 samolyotlari bo‘lib, yangi xarid qilinadigan samolyotlarning qaysi yo‘nalishlarga qo‘yilishi haqida biror tasdiqlangan xabar yo‘q. Biroq A320neo samolyotlari «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK parkida bo‘lgan 11 ta A320-200 uchoqlari (o‘rtacha yoshi 11,3 yil)ni almashtirishi ham mumkin.

«Airbus bilan imzolangan shartnoma yo‘lovchilarimizga eng zamonaviy va qulay havo kemalarini taqdim etishga qaratilgan aviaparkimizni modernizatsiya qilishga oid strategiyamizdagi yangi qadamdir», – deydi O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi boshqaruvi raisi Ilhom Mahkamov.

Ma’lum qilinishicha, «O‘zbekiston havo yo‘llari» parkida 37 ta samolyot mavjud bo‘lib, ulardan uchtasi hozirda to‘xtab turibdi va ijaraga olingan 5 ta Airbus A321neo samolyotidan foydalanadi.

Aviakompaniya uzoq masofali xalqaro parvozlar uchun Boeing 787 Dreamliner hamda Boeing 757 va 767 samolyotlaridan foydalanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring