Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujumni keskin qoralaydi

O‘zbekiston Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujumni keskin qoralaydi

O‘zbekiston 2023-yil 27-yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi Elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoralaydi.

Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy bayonotida qayd etib o‘tdi.

«Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz.

Umid qilamizki, ushbu hodisa sinchkovlik bilan o‘rganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi», – deyiladi vazirlik bayonotida.

Shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qilib, elchixonaga uyushtirilgan qurolli hujum munosabati bilan Ozarbayjon tomoniga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 27-yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgani va oqibatda bir kishi qurbon bo‘lgani aytilgan edi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring