Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar eng ko‘p nimalarga pul sarflayotgani aytildi

O‘zbekistonliklar eng ko‘p nimalarga pul sarflayotgani aytildi

O‘zbekistonliklar, xarid cheklar bo‘yicha, benzin-gaz, sayohat va oziq-ovqat uchun ko‘proq pul sarflamoqda.

Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi. Qo‘mitaga ko‘ra, fiskal cheklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda ularning bazasida ko‘rinadi va quyidagi tahlil ham ushbu ma’lumotlar yordamida ishlab chiqilgan.

Xususan, 2024-yil 1-choragida eng ko‘p sotilgan mahsulotlar ro‘yxatining boshidan metan gaz o‘rin olgan bo‘lsa, quyi pog‘onalarda shakar va propan gaz qayd etilgan.

Ya’ni, metan gaz – umumiy realizatsiya summasi 3,4 trln, benzin AI-80 – 2,6 trln so‘mga sotilgan.  

Avia chipta (xalqaro) – 2,3 trln so‘m, benzin AI-92 – 1,2 trln so‘m, 1-navli bug‘doy uni – 1,1 trln so‘m, uyali telefonlar – 638,3 mlrd so‘m, fast-fud – 613 mlrd so‘m, kungaboqar yog‘i – 543,1 mlrd so‘m, asosiy go‘shtli taomlar – 470,2 mlrd so‘mga sotilgan.  

Shuningdek, pishiriqlar – 427,4 mlrd so‘m, sigaretlar – 418,1 mlrd so‘m, alkogolsiz ichimliklar – 399,4 mlrd so‘m, mehmonxona xizmatlari – 394,9 mlrd so‘m, shakar – 378,5 mlrd so‘m, propan gaz – 374,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring