Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zenergoinspeksiya»ning Surxondaryo bo‘yicha boshlig‘i ishdan olindi

«O‘zenergoinspeksiya»ning Surxondaryo bo‘yicha boshlig‘i ishdan olindi

«O‘zenergoinspeksiya» boshlig‘i I.Nimatullayev boshchiligida bo‘lib o‘tgan joriy yilning 4 oylik yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilishida hududiy rahbarlar faoliyati tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 oyi davomida respublika bo‘yicha iste’molchilar tomonidan yoqilg‘i energiya resurslaridan samarasiz va noqonuniy foydalanishlarning oldini olish bo‘yicha 41 ming 592 ta profilaktika tadbiri o‘tkazilgan.

Iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 2 ming 433 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, lavozimga loyiqlik bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiyada 74 ta xodimning bilim darajasi qoniqarsiz deb topilgan.

Qolaversa, yig‘ilishda to‘rt oy yakuni bo‘yicha hududlarda ishlarni yetarli darajada tashkil qilinmaganligi va sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun Surxondaryo hududiy boshqarma boshlig‘i lavozimidan ozod etildi hamda Qashqadaryo, Navoiy va Namangan hududiy boshqarma boshliqlari Inspeksiya boshlig‘ining ko‘rsatmasiga asosan rotatsiya qilindi.

Shu bilan birga, ijro intizomini buzganligi uchun Andijon va Sirdaryo hududiy boshqarmasi boshlig‘lariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring