Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva Dohada tashkil qilingan Dizayn biyennalesida qatnashdi

Saida Mirziyoyeva Dohada tashkil qilingan Dizayn biyennalesida qatnashdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva shu kunlarda Qatarning poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan Dizayn biyennalesida ishtirok etmoqda.

Mazkur biyennaleda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda «Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads» ko‘rgazma loyihasi taqdim etilyapti.

«Ushbu tadbirda ham mahalliy, ham mintaqaviy, ham global miqyosda dizayn sohasiga oid ilg‘or tajribalar almashinuvi bo‘lib o‘tadi. Undagi ishtirokimizdan mamnunman.

«Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads» ko‘rgazmasida O‘zbekistonning boy hunarmandchilik an’analari bilan zamonaviy ijod uyg‘unligini namoyish etmoqdamiz. Ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchiligimizning bebaho merosi bizni an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashga undaydi», – deb yozadi Mirziyoyeva.

Prezident yordamchisi, shuningdek, Qatar Muzeylar idorasi vakillariga global madaniy almashinuvni rivojlantirish va badiiy innovatsiyalar yaratish yo‘lidagi harakatlari, shuningdek, Biyennalega taklif uchun minnatdorchilik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring