Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zini «Dilafruz» deb tanishtirib yurgan 59 yoshli erkak ushlandi

O‘zini «Dilafruz» deb tanishtirib yurgan 59 yoshli erkak ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 30 yoshli (ayol) A.X. ariza bilan murojaat qilib, «Telegram» messenjerida noma’lum shaxs tomonidan o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartasidan jami 11.557.000 miqdoridagi pullar aldov yo‘li bilan yechib olinganligini ma’lum qilgan.

O‘rganishlar davomida, ushbu jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 59 yoshli erkak A.U. sodir etganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, A.U., A.X. bilan «Telegram» messenjerida o‘zini «Dilafruz» deb tanishtirgan va bir dona ayollar kurtkasini 500.000 so‘mga kelishib, A.X.ga tegishli bo‘lgan plastik kartasining maxfiy kodlarini soxta havola yuborish orqali aldov yo‘li bilan qo‘lga kirib, jami 11.557.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini yechib olgan.

A.U.ga nisbatan O‘z. Res. JKning 168-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring