Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saylov: soat 15:00 holatiga 12,5 mln nafar saylovchi ovoz berib bo‘ldi

Saylov: soat 15:00 holatiga 12,5 mln nafar saylovchi ovoz berib bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida coat 15:00 holatiga ovoz beruvchilarning ishtiroki to‘g‘risida axborot berildi.

Unga ko‘ra, ushbu vaqtga qadar jami saylovchilarning 62,7 foizi, ya’ni 12 mln 504 ming 688 nafari ovoz berib bo‘ldi.

Ma’lumot uchun respublika bo‘ylab jami saylovchilar soni 19 mln 944 ming 859 nafarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov qonunchilikda saylovda saylovchilarning 33 foizi ishtirok etsa, saylov o‘tgan deb topilishi haqida ma’lum qilgan va soat 13:00 holatiga saylovchilarning 47,62 foizi ovoz berishda ishtirok etgani aytilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring