Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shamol sabab Toshkent viloyatining uch tumani elektr ta’minotidan uzilib qoldi

Shamol sabab Toshkent viloyatining uch tumani elektr ta’minotidan uzilib qoldi

Bugun, 28-mart kuni soat 09:30 larda qattiq shamol natijasida Toshkent shahridagi 110 kVli «L-K-D» elektr uzatish tarmog‘i 60 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan.

Energetika vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, natijada Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta iste’molchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzilib qolgan.

Ayni paytda esa iste’molchilarni boshqa manbalardan ta’minlash choralari ko‘rilyapti.

Shuningdek, soat 10:20 da Toshkent shahri Chilonzor tumani 19-mavze Xirmontepa mahallasida diametri 50 mm bo‘lgan past bosimli gaz quvuri ham katta daraxt ildizidan qo‘porilib tushgani bois uzilgan. Natijada ushbu hududdagi 16 ta ko‘p qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan.

Ayni paytda maxsus ishchi guruhlar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring