Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Statistika agentligi 2022-yil yakuni bo‘yicha e’lon qilgan press-reliziga ayrim tushuntirishlar berdi

Statistika agentligi 2022-yil yakuni bo‘yicha e’lon qilgan press-reliziga ayrim tushuntirishlar berdi

Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish» nomli yillik tahliliy press-relizning 14-sahifasida natura shaklida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va o‘sish sur’atlari to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.

Mazkur sahifada yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 70 995,4 mln. kv.s. xajmga kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 3 300,8 mln. kv.s. hajmlarni qo‘shgan holda jami 74 296,2 mln. kv.s. elektr energiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

«Sanoat ishlab chiqarishi» nomli yillik press-relizning 20-sahifasidagi 70 995,4 mln. kv.s. elektr energiyasi hajmi faqat yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan hajmlarni ifodalaydi.

Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish» nomli yillik tahliliy press-relizning 14-sahifasida e’lon qilingan 328 118 dona yengil avtomobillar sonida 20 941 dona maxsus yengil avtomobillarni qo‘shgan holda keltirilgan.

Ushbu ma’lumotlar «Sanoat ishlab chiqarishi» nomli yillik press-relizning 9-sahifasida yengil avtomobillar sonida maxsus yengil avtomobillarni qo‘shmagan holda 307 177 dona etib keltirilgan.

Ushbu keltirilgan ma’lumotlar Yalpi ichki mahsulot hamda ishlab chiqarishning umumiy xajmlarida to‘liq inobatga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring