Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi faoliyati tugatildi
Obodonlashtirish sohasida boshqaruv faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va maqbullashtirish, ortiqcha va bir-birini takrorlovchi funksiyalarni tugatish maqsadida Hukumatning joriy yil 9-sentyabrdagi tegishli qarori bilan viloyat hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi.
Shu munosabat bilan maqbullashtirilayotgan shtat birliklari hisobidan 20 ta shtat birliklari va ish haqi xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘larni Chirchiq shahar obodonlashtirish boshqarmasiga o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tashkilot 2019-yil 21-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter