Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘rtacha ta’mirdagi xonadonlar uchun ijara narxlari pasaymoqda

Toshkentda o‘rtacha ta’mirdagi xonadonlar uchun ijara narxlari pasaymoqda

Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda.

Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining fevral oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlilida qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari 2024-yilning noyabr oyidan beri arzonlab kelayotgan bo‘lsa, to‘liq ta’mirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlarida ko‘tarilish kuzatildi.

2025-yilning fevral oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri sezilarli arzonladi:

  • 1 xonali: $323 (o‘tgan yilning oktyabrida $331);
  • 2 xonali: $393 (o‘tgan yilning oktyabrida $414);
  • 3 xonali: $480 (o‘tgan yilning oktyabrida $494);
  • 4 xonali: $545 (o‘tgan yilning oktyabrida $623).

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:

  • Sergeli tumani (1 xonali - $297, 2 xonali – $366, 3 xonali – $415, 4 xonali - $423);
  • Olmazor tumani (1 xonali – $288, 2 xonali – $351, 3 xonali – $417, 4 xonali – $488).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

  • Shayxontohur tumani (1 xonali – $347, 2 xonali – $462, 3 xonali – $568, 4 xonali – $694);
  • Yakkasaroy tumani (1 xonali – $383, 2 xonali – $511, 3 xonali – $646, 4 xonali – $675).

Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari o‘tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan quyidagicha o‘zgardi:

  • 1 xonali: $420 (o‘tgan yilning oktyabrida $422);
  • 2 xonali: $592 (o‘tgan yilning oktyabrida $600);
  • 3 xonali: $857 (o‘tgan yilning oktyabrida $834);
  • 4 xonali: $1160 (o‘tgan yilning oktyabrida $1118).

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:

  • Sergeli tumani (1 xonali – $323, 2 xonali – $417, 3 xonali – $517, 4 xonali – $639);
  • Uchtepa tumani (1 xonali – $377, 2 xonali – $436, 3 xonali – $560, 4 xonali – $586).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

  • Mirobod tumani (1 xonali – $485, 2 xonali – $746, 3 xonali – $1051, 4 xonali – $1344);
  • Shayxontohur tumani (1 xonali – $515, 2 xonali – $748, 3 xonali – $1094, 4 xonali – $1462).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring