Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi «Matbuot uyi» atrofida mediashaharcha quriladi

Toshkentdagi «Matbuot uyi» atrofida mediashaharcha quriladi

Toshkent shahar Mirobod tumani Matbuotchilar ko‘chasi 32-uy manzilida joylashgan «Matbuot uyi» bino va inshootlari hamda ularga tutash hududda zamonaviy media shaharcha tashkil etiladi.

Toshkent shahar hokimligining ayni shu ishlarni bajarish uchun qurilish-pudrat tashkilotini aniqlash bo‘yicha o‘tkazgan tenderi yakunlandi. Tender yakunlariga ko‘ra, 98,8 mlrd so‘mni taklif bilan «Yangi zamon bino» MChJ g‘olib deb topilgan.

Ochiq ma’lumotlar reyestriga ko‘ra, mazkur qurilish firmasi rahbari Dilshod Shukurov va firma ustav kapitali 566 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Mazkur kapitalning 50 foizi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga, qolgan 50 foizi esa «UNIQUE TRADE Business» MChJga tegishli.

«UNIQUE TRADE Business» MChJ aksiyalarining esa 99 foizi GOLDEN House Development MChJga tegishli.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Yangi zamon bino» MChJsi esa joriy yilning 2 va 22 avgustlarida «Ko‘prikqurilish» UK o‘tkazgan umumiy summasi 16,5 mlrd so‘m bo‘lgan loyihalarni ham yutib olgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur unitar korxona 100 foiz «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qaram tashkilot hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring