Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toshshahartrans» rahbari qamoqqa olindi. U davlat mulkini talon-toroj qilganlikda gumonlanyapti

«Toshshahartrans» rahbari qamoqqa olindi. U davlat mulkini talon-toroj qilganlikda gumonlanyapti

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida Bosh prokuror o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan Anvar Jo‘rayevga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi.

Yunusobod tuman sudining 2024-yil 7-fevraldagi ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi A.Jo‘rayevga nisbatan «qamoqqa» olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, A.Jo‘rayev shu kunga qadar «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring