Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir toifa huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladigan bo‘lyapti

Yana bir toifa huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladigan bo‘lyapti

Suv xo‘jaligi vazirligi suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, kelgusida suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan pul mukofoti bilan rag‘batlantirish nazarda tutilmoqda. Ma’muriy jarima bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo chorasi qo‘llangan hollarda esa Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq rag‘batlantirish rejalashtirilyapti.

Shuningdek, belgilanishicha, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi ob’yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus formali kiyim-bosh kiyib yuradilar va tegishli farqlash belgilarini taqadilar. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligi oshirish maqsadida Inspeksiya xodimlari 142 ta skuter yoki uning muqobili bilan ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar qonunchilikda bir necha turdagi, jumladan korrupsiya, yoqilg‘i-energiya va noqonuniy egallab olingan yer bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar berganlarga tegishli tartibda pul mukofotlari berilishi nazarda tutilgan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring