Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

110 nafar informatika o‘qituvchilari Beeline Academy’da malaka oshirish kurslarini tamomladi

110 nafar informatika o‘qituvchilari Beeline Academy’da malaka oshirish kurslarini tamomladi

VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan umumta’lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish dasturida hamkor sifatida ishtirok etdi.

O‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari Beeline Academy tomonidan Tashkent International University of Education va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rtasida kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik memorandumi asosida tashkillashtirildi.

O‘quv kurslari davomida Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining 110 nafar informatika va axborot texnologiyalari hamda kasbiy IT-ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari Phyton dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar, 3D grafika vositalarini o‘zlashtirdilar va Frontend dasturini ishlab chiqish asoslari bilan chuqur tanishdilar. Kurslarni tajribali mutaxassislar — TIUE o‘qituvchilari olib borishdi. Dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etgan barcha o‘qituvchilarga bitiruv sertifikatlari topshirildi.

"Men informatika, matematika va fizika o‘qituvchisiman, 6-dan 11-sinfgacha dars beraman. Informatika — bilimlarning asosi, u barcha fanlarni birlashtiradi. IT-savodxonlik, bu — shunchaki ko‘nikma emas, balki hayot talabi, deb hisoblayman. Beeline Academy dasturi bilimlarga juda boy va qiziqarli o‘tdi, ayniqsa 3D-modellashtirish. Olgan bilimlarimni albatta o‘quvchilarim bilan ulashaman", — deya bo‘lishadi Toshkent shahar Mirobod tumani 158-maktab o‘qituvchisi Kasimova Nodira Ergashevna.

TIUE — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real sektori ehtiyojlari uchun axborot texnologiyalari, ta’lim va biznes boshqaruvi yo‘nalishlari uchun oliy ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekistondagi xususiy oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi.

“Universitetimizda intiluvchan, iste’dodli va maqsadli insonlarni birlashtiradi”, – deydi TIUE rektori Nosir Xo‘jayev. “Tajribali professorlar va ma’ruzachilardan iborat jamoamiz o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashishga, mutaxassislarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlash uchun shay. Beeline Uzbekistan va TIUE o‘rtasidagi qo‘shma dastur — O‘zbekistonda IT sohasida ta’lim sifatini oshirishda muhim qadamdir”.

Beeline Academy 2023 yil oktyabr oyida TIUE negizida Beeline Uzbekistan bilan hamkorlikda ochilgan. Akademiya O‘zbekistonning yosh iste’dodlari, o‘qituvchilari va boshqa IT-mutaxassislariga mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash maqsadida axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasida onlayn va oflayn ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi.

“Bu Beeline Uzbekistan mamlakatda IT-sohasini rivojlantirishga kiritgan navbatdagi sarmoyasidir. Umid qilamizki, Beeline Academy malaka oshirish dasturini tamomlagan o‘qituvchilar olgan bilimlari va ko‘nikmalari tufayli yoshlarning kamol topishlari uchun hamda mehnat bozorida katta talabga ega bo‘lgan yangi avlod yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga o‘z hissalarini qo‘shishadi”, — deya o‘rtoqlashdi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjey Malinovski.

***

“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentyabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 jadal rivojlanib borayotgan mamlakatda 160 milliondan ziyod foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. “Unitel” MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring