Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolani chiniqtirishni nimadan boshlash kerak?

Bolani chiniqtirishni nimadan boshlash kerak?

Foto: «Antiflu»

Chiniqtiruvchi muolajalarni asta-sekinlik bilan boshlash lozim, yo‘qsa...

 Muhim!

Mutaxassislarning fikricha, bir umr chiniqib yurishga to‘g‘ri keladi. Negaki bu shartli refleks bo‘lib, uni hamisha mustahkamlab borish kerak. Aks holda refleks so‘nadi: kattalarda 2-3 haftada, bolalarda 5 – 7 kunda.

Tyez-tez muzqaymoq obering

Ko‘p pediatrlar boshida bolalarga muzqaymoq berishni maslahat qilishadi. Faqat orqasidan issiq choy ichish mumkin emas! Muzlatkichda shifobaxsh giyohlarning damlamasi, mineral suvni muzlatib, keyin ularni bo‘lib, konfet kabi berasiz.

O‘rab-chirmamang

Bola sayrga chiqqanida kattalardan ko‘ra yengilroq kiyinishi kerak. Chunki u doimiy harakatda bo‘ladi: yuguradi, sakraydi, osiladi!

Ustidan kontrast suv quying

Chiniqishning eng samarali usuli — ustidan sovuq suv quyish. Ertalab bolani dush tagiga olib boring, suv harorati — 36,5 daraja. Tana qiziyotganda cho‘michga 4-5 daraja sovuq suv tayyorlab qo‘ying. Shundan so‘ng ustidan galma-gal iliq va sovuq suv quyib turasiz: iliq dush — salqin suv quyasiz, issiq dush — sovuq suv quyasiz. Shu tariqa 5-6 marta takrorlaysiz. So‘ngra bolani sochiq bilan yaxshilab ishqalab quritasiz.

Uyda yalangoyoq yurishiga ruxsat bering

Oyoqlar sovqotib qolishidan qo‘rqmang. Qo‘l kaftimiz harorati — 29-30 daraja, oyoq kafti esa — 23 – 25 daraja. Bolaning oyog‘ini ushlab ko‘rganimizda, ular hamisha muzdek tuyulishining boisi ana shunda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring