Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Puldor odam nimalarga pul sarflamaydi?

Puldor odam nimalarga pul sarflamaydi?

Foto: «Yandeks»

Pul yig‘ish nafaqat ish haqi, balki odatlarimizga ham bog‘liq. «Rambler» boylarning nimalarga pul sarflamasligini hamda oddiy odam davlatmand bo‘lishi uchun qanday xarajatlardan tiyilishi kerakligini aniqladi.

Dabdabali to‘y

Nikohning asosiy maqsadi barcha do‘stlarni lol qoldiradigan va olisdagi yuzlab qarindoshlar ko‘nglini oladigan zamonlar ortda qoldi. Hozir xorijda hatto yulduzlar ham eng yaqin insonlari davrasida kamtarona shodiyona qilishmoqda. Ular asosiy pulini to‘yga emas, asal oyiga sarflashadi. Darvoqe, olimlarning fikricha, to‘yni oddiy o‘tkazib, lekin asal oyini obdon rejalashtirgan juftliklar orasida ajrashish kam kuzatilar ekan.

Uy trenajyori

Aksariyat hollarda odam uy trenajyorini xarid qilgandan so‘ng undan bir-ikki kun foydalanadi xolos. Keyin u yillab uyda chang bosib yotadi va ko‘zga xunuk ko‘rina boshlaydi. Anchadan beri sport bilan shug‘ullanishni rejalashtirib yurgan bo‘lsangiz, fitnes-zalga abonement sotib olish maqsadga muvofiq. Bitta sharti: muntazam borish.

Umuman olganda, sog‘ligingizda muammo bo‘lmasa, jismoniy holatingizni yaxshilash uchun liftdan foydalanmaslik, toza havoda ko‘proq sayr qilish, dam olish kunlarini faol o‘tkazish kifoya qiladi.

Yangi avtomobil

Ma’lumki, yangi avtomobil salondan chiqib kelganda shu zahoti 11 foiz, bir yil haydagandan keyin esa 30 foiz umumiy qiymatini yo‘qotadi. Shuning uchun ham ikki yilgacha bo‘lgan mashinani sotib olish foydaliroq. Natijada uni sotishga qaror qilganda narxining tushib ketishidan xavotir olmaysiz.

Ustiga-ustak, mashina boylik ramzi sanalmay qolganiga ancha bo‘ldi. Yo‘llardagi aksar hashamdor inomarkalar kreditga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring