Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qizil likopchalar nega kerak?

Qizil likopchalar nega kerak?

Foto: Noi.md

Ozmoqchi bo‘lib parhez tutayotganlarga qizil likopchalar qo‘l kelishi mumkin ekan. Bu haqda tadqiqotchilarga asoslanib «Daily Mail» yozmoqda.

Nemis va shveysar olimlari o‘tkazgan tadqiqot ma’lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, qizil likopchalardan ovqatlanadigan, qolaversa, xuddi shu rangdagi idishlardan ichimlik ichadiganlarning iste’mol ko‘rsatkichi 40 foizgacha kamayib ketarkan.

Olimlar buning sababini qizil rang odatda xavf tushunchasi bilan uyg‘un kelishida ko‘rishmoqda.

Yuqoridagi tadqiqotga 41 nafar talaba jalb etilgan. Avvaliga ularga qizil va ko‘k stakanlarda choy berilgan, sinov yakunida qizil stakanlardagi choy ko‘k stakanlardagiga qaraganda 44 foiz kam ichilgani ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqotning ikkinchi qismida talabalarga har biriga o‘ntadan qoqlangan kulcha solingan oq, qizil va ko‘k likopchalar tarqatildi. Bunda ham yuqoridagi holat: qizil likopchasi borlar boshqalarga qaraganda kamroq kulcha yeyishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring