Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Behzod Qobulov

Olam ufqqa borib tamom bo‘ladi. Odam umidini yo‘qotib tamom bo‘ladi (Tog‘ay Murod).

1984-yili Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi Alixon qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘tgan yillar mobaynida bir qancha nashrlarda faoliyat ko‘rsatishgan. Shu bilan birga, sport va axborot saytlarida blog yuritgan. 

«O‘qituvchiga osilmagan sen qoluvding o‘zi!», «Jurnalistlar uchun yashil chiroq yondimi?», «O‘rta Chirchiq dehqon bozori»da: Tartibsizlik, terminal muammosi va muxbirni sotib olishga urinish», «Chempion-2016. Bekobod shamoli Braziliyada esdi» va «O‘qituvchi yon daftaridan: Milliy g‘oya fanini o‘qitishda yangicha yondashuv» kabi maqolalari o‘quvchilar e’tiborini qozongan.