Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston – Ummon. Ektor Kuper tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston – Ummon. Ektor Kuper tarkibni e’lon qildi

Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichining 1-tur bahslari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi bugun musobaqadagi ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz «Sharja» stadionida Ummon terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadilar.

Biroz avval Ektor Kuper terma jamoamiz tarkibini e’lon qildi.

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Akmal Shorahmedov, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sidiqov, Marat Bikmayev, Sardor Rashidov.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv «Sharja» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 18:30dan boshlab «Sport» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring