Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amiti universiteti va «Huawei» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi (foto)

Amiti universiteti va «Huawei» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

«Huawei» global axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi uskunalari va gadjetlarni yetkazib beruvchi yetakchi kompaniya hisoblanib, dunyoning 170 mamlakati va deyarli barcha mintaqalarida o‘z faoliyatini olib boradi.

Hamkorlik doirasida Amiti talabalariga «Huawei»ning «Seeds for the future» loyihasida qatnashish imkoniyati yaratildi. Loyihada iqtidorli talabalarning kompaniya bosh shtab-kvartirasida amaliyot o‘tashlari rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, talabalar bilan tajriba va bilim almashish uchun seminarlar, amaliyotlar, biznes uchrashuvlar o‘tkazish kabi muhim rejalar ko‘zda tutilgan.

Ushbu memorandum talabalar uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring