Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hokimi qiziqchiga mashina sovg‘a qildi

Andijon hokimi qiziqchiga mashina sovg‘a qildi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon polkasini keng targ‘ib qilishda qatnashgan bir guruh raqqoslarni taqdirlagan.

Shuningdek, ushbu raqs haqida videorolik suratga olgan taniqli komik aktyor, rejissyor va qiziqchi G‘ayrat Ahmedovga «Spark» mashinasi sovg‘a qilingan.

Mazkur marosim yoshlar forumi doirasida bo‘lib o‘tgan. Kasallik ko‘payib boshlagan paytda mazkur forumga 80 ming odam to‘plangani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov har bir andijonlik «Andijon polkasi» raqsiga o‘ynashi kerakligini topshirgandi. Bu holatni viloyat hokimligi ortiqcha izohlashni istamagandi.

Keyinroq bu tashabbusni prezident Shavkat Mirziyoyev ham qo‘llab-quvvatlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring