Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Argentinada shahar meri qo‘lida Putinning portreti bilan emlandi

Argentinada shahar meri qo‘lida Putinning portreti bilan emlandi

Foto: «News.rambler.ru»

Argentinaning Roke-Peres shahri meri Xuan Karlos Chinchu Gasparini qo‘lida Putinning portreti bilan koronavirusga qarshi emlandi.

Argentinaning Buenos-Ayres provinsiyasida shahar meri Xuan Karlos Gasparini koronavirusga qarshi emlandi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning portreti bilan tushgan fotosuratni joylashtirdi. Bu haqda siyosatchi Twitter-da ma’lum qilgan.

Gap Rok Peres shahar meri haqida ketmoqda.

«Men vaksina oldim, Alberto Fernandesga (Argentina prezidenti — tahr.) rahmat. Ular bizni zaharlamoqchi ekanliklarini aytishgandi, aslida esa hayotimizni saqlab qolishyapti», — deb yozgan Gasparini.

U joylagan postiga vaksina olayotgani va qo‘lida Putin portretini ushlab turgani aks etgan fotosuratni ilova qildi.

Avvalroq Rossiya va Argentina Lotin Amerikasi mamlakatida koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarishni ochishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashgan edi. «Sputnik V» tezlashtirilgan tartibda Argentinada ro‘yxatdan o‘tdi. Mamlakatda ushbu preparat bilan emlash ishlari allaqachon boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring