Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bu harakatlanadigan o‘yinchoq emas». Xorij kompaniyasidagi ishini tashlab kelgan robototexnik bilan suhbat (video)

Buxoroda iqtidorli dasturchilar ko‘p. Avvalroq «Xabar.uz» saytida ularning biri haqida — «U ishlab topayotgan yillik mablag‘ miqdoriga mintaqaning eng kuchli AT-tadbirkorlari ham havas qiladi — Saidravshan Shokirov bilan tanishamiz» sarlavhali maqolada hikoya qilgan edik. Bu gal esa Buxoroda birinchilardan bo‘lib robototexnika bo‘yicha o‘quv markazi ochgan Navro‘z Ergashev bilan suhbatlashdik.

Navro‘z Buxorodagi 34-maktabdan so‘ng shahardagi politexnika kasb-hunar kollejida tahsil olgan. 2013-2019-yillarda Moskva elektron ilmiy-tadqiqot universitetining bakalavr va magisturaturasida o‘qigan. O‘qish bilan birga «Informunity» kompaniyasida veb-dasturchi hamda uch yil davomida Moskva IT-parkida robototexnika bo‘yicha o‘qituvchilik qilgan. U Moskvada qolishi, karerasini o‘stirishi yo bo‘lmaganda moddiy tarafdan yaxshigina pul ishlashi mumkin edi. Ammo Navro‘z 2019-yilning sentyabr oyida ona shahriga qaytib, o‘quv markazi ochishga kirishdi.

Ijaraga bino qidirib yurib, Buxoro davlat universiteti rektoriga uchradi. «Joy bor, muammo yo‘q, ammo bitta shart bilan, o‘qituvchilik ham qilasiz», — dedi rektor. Navro‘zga bu borada Moskva IT-parkida o‘qituvchilik qilgani qo‘l keldi. Shartga rozilik bildirdi, darsdan bo‘sh vaqtlarida yoshlar bilan robototexnika bo‘yicha shug‘ullanadigan bo‘ldi.

Buxorolik dasturchi «ko‘pchilik robototexnika harakatlanadigan o‘yinchoq, degan yangilish fikrga boradi, aslida unday emas, uni barcha sohalarda qo‘llab yuqori natijalarga erishish mumkin», deb hisoblaydi.

Kuchli robototexnik bo‘lish uchun nima qilish kerak, ular dasturchilardan kam mablag‘ topadimi, robototexnikaning qanday turlari bor, degan savollarga javob, umuman, robototexnika olami haqida bilishni istasangiz videointervyuni bilan tanishishni tavsiya qilamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring