Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa Ittifoqi Ukraina importiga bojni bekor qildi

Yevropa Ittifoqi Ukraina importiga bojni bekor qildi

Foto: Trademaster.ua

Yevropa Ittifoqi kengashi Ukrainadan mollarni import bojlarisiz kiritish imkonini beruvchi qarorni qabul qildi.

Yil davomida Ukrainaning barcha tovarlari YeI hududiga bojsiz kiritilishiga ruxsat beriladi. Ukraina YIga asosan yog‘och, kungaboqar yog‘i va don eksport qiladi.

Qarordan maqsad «Ukraina iqtisodiyotini imkon qadar qo‘llab-quvvatlash» ekani ta’kidlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya qo‘shin olib kirganidan beri (qariyb 90 kun bo‘ldi), Ukrainadan 20 mln tonna don olib chiqilgan. Ukraina omborlarida yana 20-25 mln tonna atrofida don saqlanmoqda.

YI va AQSh Ukrainada qolgan donni ocharchilik xavf solayotgan mamlakatlarga yordam sifatida jo‘natishmoqchi. Qolaversa, omborlarni yangi mavsum hosili uchun bo‘shatish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring