Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi maktabda o‘quvchilar polda o‘tirgani rasman tasdiqlandi

Farg‘onadagi maktabda o‘quvchilar polda o‘tirgani rasman tasdiqlandi

Foto: Daryo.uz

Bir qator internet nashrlarida Farg‘onadagi maktabda 1-sinf o‘quvchilari polda dars o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘quvchilar 20 daqiqa polda dars o‘tishgan.

Bu holat Farg‘ona shahridagi 24-maktabda bo‘lgan. O‘quvchilarning polda o‘tirgani aks etgan suratdagi holat viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat va shahar hokimiyati tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Maktab direktori Ixtiyor Mamajonovning aytishicha, maktabda 2-oktyabr kuni eski partalar yangilariga almashtirilgan. Yangilari qo‘yilguncha ayrim xonalarda partalar bo‘lmagan va internetda tarqalgan surat shu jarayonda olingan. Sinfda partalar 20 daqiqa davomida bo‘lmagan. Hozirda sinfxonalar parta va stullar bilan to‘liq ta’minlangan.

«Ma’lum bo‘lishicha, maktabdagi barcha sinflarda darslar belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida o‘tilmoqda. O‘quvchilarga joy yetishmasligi muammosi yo‘q. 1-sinflarda ham odatdagi tartibda dars o‘tilmoqda», deyiladi XTV matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, 24-maktab binosi 1973-yilda 1250 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Maktab 2018-yilda Davlat investitsiya dasturi asosida mukammal ta’mirlangan. Barcha zarur o‘quv jihozlari va mebellar bilan to‘liq ta’minlangan. Ayni paytda maktabda 2635 o‘quvchi ta’lim olmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring